Fan-texnika | 10:39 / 20.07.2016
12185
1 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar Pokemon Goni yo‘q qilmoqchi

PoodleCorp xakerlik guruhi Pokemon GO o‘yinini «yo‘q qilish»ga va'da berdi, deb xabar qilmoqda Independent gazetasi. 

Xakerlar shuningdek, keng qamrovli hujum uyushtirish sanasiga ham kesatishgan. Bu 1-avgust bo‘ladi, deb yozadi Britaniya nashri. Bundan avval, o‘tgan dam olish kunlari noma'lum kishilar o‘yinni ishlab chiqargan kompaniya serverlariga hujum uyushtirgani bois, ilova muammolarga duch kelgan edi. 

Mazkur nosozlik uchun javobgarlikni zimmasiga olgan OurMine xakerlik guruhi uqdirishicha, bu aslida kompaniya mutaxassislari xavfsizlik borasidagi mavjud zaif nuqtalarni aniqlab olishlari va ularni bartaraf etishlari uchun amalga oshirilgan  o‘ziga xos «sog‘lomlashtirish» hujumi bo‘lgan.

Mavzuga oid