Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin quymani bank mobil ilovasi orqali sotib olish tartibi belgilandi
Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
«Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qimmatbaho metallar bilan bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
- mijozlar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish;
- banklar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali sotish va qaytarib sotib olish;
- banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron ko‘rinishda sotish va qaytarib sotib olish.
Bank va mijoz o‘rtasida o‘lchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish bankning mobil ilovasida oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
To‘lov muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning «maxfiy kod»i aks ettiriladi.
Mijoz sotib olingan o‘lchovli oltin quymalarni bankdan olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan «maxfiy kod»ni taqdim etadi.
Mavzuga oid
18:08 / 03.12.2025
Britaniyaning Revolut banki O‘zbekistonda chiqarilgan kartalarni blokladi
16:48 / 25.10.2025
«Banklar soni bo‘yicha qandaydir target yo‘q» - Timur Ishmetov
11:47 / 06.10.2025
O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan buyon qariyb 40 foizga oshdi
19:03 / 19.08.2025