Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik Xarrison to‘siqlar osha 100 metrga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi
AQShlik yuguruvchi Kendra Xarrison to‘siqlar bilan 100 metrga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Xarrison Londondagi Olmos liganing 10-bosqichida ushbu masofani 12,20 soniyada o‘ta oldi va avvalgi rekordni 0,01 soniyaga yaxshilay oldi. 2-o‘rin va 3-o‘rinni uning yurtdoshlari Brianna Rollins (12,57) va Kristi Kastlin (12,59) egalladi. Shu tariqa yugurishning bu turida g‘oliblar shohsupasini to‘liq AQSh vakilalari egallashdi.
Avvalgi jahon rekordi bolgariyalik yengil atletikachi Yordanka Donkovaga tegishli bo‘lgan. Sportchi bu rekordni 1988 yil 20 avgustda o‘rnatgandi. U bu masofani 12,21 soniyada yugurib o‘tgandi.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026