Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Teal’dan eng tezkor va chidamli dron
Qoidaga ko‘ra, eng tezkor dronlar odatda prototip yoki qo‘lda yasalgan qurilmalar hisoblanadi. Shunga qaramay, Teal bu fikrga qarshi chiqib, barcha tijorat dronlari orasida eng tezkorini yaratganini ma'lum qiladi. Ularning yangi qurilmasi soatiga 110 kilometr tezlikda toqqa chiqayotgan mashinadan o‘zib ketishi mumkin.
Kvadrokopter 3 km radiusda ishlaydi, u 20 daqiqagacha ucha oladi. Teal’ning droni juda kuchli shamolga bardoshli (65 km/s) qilib yaratilgan. U aniq GPS’i hamda tajribasiz uchuvchilar uchun bir necha rejimlari bilan ham maqtanishi mumkin.

Teal o‘z dronini 13 megapikselli kamera bilan ta'minlagan bo‘lib, u 4K-videotasvirlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari qurilma NVIDIA Tegra TX1 protsessori va boshqa ilovalarni yaratishga imkon beruvchi dasturiy platformaga ega. Shuningdek kvadrokopter parvozni nazorat qiluvchi dasturiy ta'minot bilan ham boyitilgan.
Teal kvadrokopterining oldindan buyurtma narxi - 1 299 dollar.
Mavzuga oid
09:46 / 04.05.2026
Sun’iy intellektga asoslangan «do‘stona» chatbotlar kamroq ishonchga loyiq – tadqiqot
20:05 / 28.04.2026
Noutbukdan akkumulyatorsiz foydalansa bo‘ladimi?
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
18:51 / 23.04.2026