Hindiston hukumati «mamlakat suvereniteti va yaxlitligi manfaatlari» yölida veb-saytlar va ilovalarga kirişni bloklaş imkonini beruvçi qonun doirasida Telegram messenjerini çekladi, deb yozdi Reuters.

Bunday çora 22 iyunga qadar abituriyentlar tibbiyot kollejlariga öqişga kiradigan milliy imtihonni (NEET) takror ötkaziş maqsadida qabul qilindi. Hindiston Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga köra, firibgarlar abituriyentlarni aldaş uçun Telegram’dan foydalangan. Xususan, ular pul evaziga imtihon materiallaridan foydalaniş imkoniyatini taklif qilgan.

Bungaça imtihon 3 may kuni ötkazilgan va butun mamlakat böylab deyarli 2,28 million kişi imtihon topşirgan edi. Biroq bir neça kundan keyin imtihon savollari sizib çiqqani ma’lum böldi. Bu esa ota-onalar va abituriyentlarning noroziligini keltirib çiqardi.

Imtihonni ötkaziş uçun mas’ul bölgan Milliy test agentligi (NTA) uning natijalarini haqiqiy emas deb topdi. Yangi imtihon 21 iyunga belgilandi. NTA Telegram’ning çeklanişi yuz minglab oddiy foydalanuvçilarga noqulaylik tuğdirişini tan oldi, biroq bloklaş oxirgi çora bölganini ta’kidladi, çunki platformadan kontentni olib taşlaş böyiça boşqa urinişlar natija bermagan.

Telegram hozirça Hindistondagi çeklovlarga izoh bermadi. Reuters ma’lumotlariga köra, 16 iyun kuni ertalab messenjer mamlakatda erkin işlaşda davom etgan. Şu bilan birga, agentlikning ta’kidlaşiça, Hindiston Telegram uçun eng yirik bozor bölib, u yerda 104 millionga yaqin foydalanuvçi mavjud. Taqqoslaş uçun: Rossiyada ular 34,4 millionga yaqin, AQŞda 26,85 million, Braziliyada esa 14,85 million. Biroq, WhatsApp Hindistonda xabar almaşiş uçun asosiy platforma bölib qolmoqda.