Özbekistonda qayta işlangan plastikdan foydalangan holda yöl quriş texnologiyasi joriy etiladi.
Yangi texnologiya asfalt-beton qorişmasi tarkibiga qayta işlanmaydigan plastmassa çiqindilarining ayrim turlarini qöşişga asoslangan. Mutaxassislar fikriça, bu çiqindilar hajmini qisqartiriş bilan birga, yöl qoplamasining mustahkamligi va xizmat muddatini oşiriş imkonini beradi.
Qayta işlangan plastmassa qorişmaning muhim tarkibiy qismi sifatida qöllanilişi natijasida qoplama taşqi ta’sirlarga nisbatan çidamliroq böladi. Dastlabki sinovlar yangi materialning an’anaviy asfaltga nisbatan bir qator texnik körsatkiçlar böyiça ustunlikka ega ekanini körsatdi.
Işlab çiquvçilar ma’lumotiga köra, yangi qoplamaning mustahkamligi odatiy asfaltga nisbatan 2–3 barobar yuqori ekani qayd etilgan. Şuningdek, uning suv singdiriş darajasi ham sezilarli darajada kamaygan.
Mualliflarning ta’kidlaşiça, bu körsatkiçlar yangi materialning uzoq muddatli xizmat qilişini va yemirilişga yuqori darajada bardoşli ekanini tasdiqlaydi.
Loyihani amalga oşiriş doirasida Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi bilan hamkorlik yölga qöyilgan.











