Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron politsiyasi birgalikda bayram nishonlayotgan 150 nafar yigit-qizni qo‘lga oldi
Foto: Jochen Eckel / picture alliance / Globallookpress.com
Tehrondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda birgalikda bayram o‘tkazayotgan deyarli 150 nafar yigit-qiz politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
«Tehron provinsiyasining g‘arbida joylashgan Islomshar yaqinidagi xiyobonda yigit va qizlar birgalikda bayram qilishayotgani haqida xabar olganimizdan so‘ng maxsus operatsiya o‘tkazdik. Yosh yigit-qizlar qo‘lga olingan», — dedi polkovnik Muhsin Xancherliy.
Uning ma'lum qilishicha, tantana yaqinida noqonuniy musiqalar yozadigan studiya ham bo‘lgan. Yoshlar tug‘ilgan kun tantanasini nishonlashayotgan bo‘lgan. Xancherliyning ma'lum qilishicha, Eron huquqni muhofaza qilish organlari axloq standartlariga rioya etilishini qattiq nazorat qiladi.
Mavzuga oid
22:18 / 18.03.2026
Eron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi energetika obektlariga zarba berishini e’lon qildi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
11:10 / 14.03.2026
Eron AQShga mintaqadagi neft-gaz obektlariga hujum bilan tahdid qildi
12:30 / 06.03.2026