Tramp 1 iyun kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida “Eron Islom Respublikasi bilan muzokaralar tez sur’atlarda davom etmoqda”, deb yozdi.

NBC News telekanali va boşqa ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida AQŞ rahbari eronliklar Vaşingtonni muzokaralarni töxtatiş haqida rasman xabardor qilmaganini aytdi.

“Rostini aytsam, biz juda köp gapirdik. Balki sukut saqlaş yaxşiroq yeçim bölardi”, dedi Tramp.

Uning sözlariga köra, hatto muzokaralar töxtatilgan taqdirda ham bu AQŞning Eronga qarşi harbiy harakatlarni boşlaşini anglatmaydi. Biroq Hörmuz böğozidagi Eron portlariga nisbatan joriy etilgan çeklovlar saqlanib qolişini ta’kidladi.

Bundan avval Eronning Tasnim agentligi AQŞ bilan bilvosita muzokaralar töxtatilgani haqida xabar bergan edi. Naşrga köra, Eron tomoni amerikaliklar bilan xabar almaşişni vaqtinça töxtatgan.

Xabarda bu qaror Isroilning Livandagi “Hizbulloh” obektlariga bergan zarbalari bilan boğliq ekani ta’kidlangan.

May oyi oxirida Axios naşri ikki amerikalik manbaga tayanib, AQŞ va Eron muzokaraçilari fevral oyidan beri davom etayotgan mojaroni tartibga soliş böyiça dastlabki kelişuvga yaqinlaşganini ma’lum qilgan edi.

Şu bilan birga, Tramp hozirça ehtimoliy kelişuvni qöllab-quvvatlamagan. OAV ma’lumotlariga köra, u Tehron yadroviy qurol yaratiş rejalaridan voz keçgan taqdirdagina bitimni ma’qullaşi mumkin.

Eron rahbariyati ham AQŞ bilan uruşni töxtatiş böyiça yakuniy kelişuvga hali erişilmaganini bildirgan.