Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston va Afg‘onistonda avtobus bilan bog‘liq halokatlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
30 iyul kuni Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi “qabilalar hududida” salonida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus sel ostida qoldi. “Sinxua” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 21 yo‘lovchi halok bo‘lgan va yana bir qanchasi izsiz yo‘qolgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, avtobus mahalliy to‘ydan tog‘ yo‘li orqali qaytayotgan bo‘lgan. Xabar berishlaricha, haydovchi vaziyatni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘lgan, biroq suv toshqini kuchlili qilgan. Natijada avtobus boshqaruvni yo‘qotgan va jarlikka qulagan.
Agentlikning xabaricha, bir necha nafar jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ular soni aniqlashtirilmagan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlab yuborilgan.
Shuningdek, Afg‘onistonda ham avtobus halokati ro‘y berdi. Tolo News telekanalining ma'lum qilishicha, Afg‘onistondagi Ko‘kcha daryosiga noma'lum transport vositasining qo‘lashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, transport vositasining salonida talabalar bo‘lgan. Bir kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
09:00 / 11.05.2026
Pokistondagi hujumda kamida 15 politsiyachi halok bo‘ldi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
12:23 / 02.05.2026