Jahon | 10:38 / 01.08.2016
5083
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Rossiyani xakerlik hujumida aybladi

Arxiv surat / ntv.ru

AQSh prezidentligiga Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton rossiyalik xakerlarni, Amerika Demokratik partiya Markazqo‘mi kompyuterlariga hujum qilganlikda gumon qilayapti, deb xabar qilmoqda  Reuters.

«Rossiya maxsus xizmatlari milliy qo‘mita tizimini buzganini ham, yana ko‘plab elektron maktublar e'lon qilinishini ham bilamiz. Shuningdek, Donald Tramp Putinni qo‘llab-quvvatlashini aytganidan ham xabarimiz bor», — degan Klinton xonim Fox News Sunday ko‘rsatuvida.

Bu AQSh Demokratik partiyasi kompyuterlariga uchinchi marotaba xakerlik hujumi uyushtirilishidir. Mamlakat hukumati, ushbu hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid