Duşanba kuni Hörmuz yaqinida AQŞ armiyasining «Apache» zarbdor vertolyoti qulagani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp bu halokatni tasdiqladi. Tramp şundan söng «Apache» vertolyoti urib tuşirilganini javoban Eronga zarbalar berilganini ma’lum qildi.

«Menimça, javob juda kuçli va şiddatli bölişi kerak edi, mana şu zarba aynan şunday böldi», dedi Tramp seşanba kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Reutersʼning yozişiça, AQŞning sönggi zarbalari taxminan tört soat davom etdi. AQŞ Markaziy qömondonligi çorşanbaga ötar keçasi operatsiya yakunlanganini ma’lum qildi. AQŞ rasmiysining sözlariga köra, Eronning 20 ga yaqin nişoniga zarba berilgan.

2026-06-10 09.54.47

Eron davlat OAVlari Hörmuz böğozidagi Keşm oroli va Sirik port şahriga hujum qilinganini xabar qildi. Mahalliy aholiga köra, yaqin atrofdagi Bandar-Abbosda, keyinçalik esa böğozga kiriş qismidagi Jask hududida portlaş tovuşlari eşitilgan.

AQŞ harbiylariga köra, hujumlarda böğoz yaqinidagi Eron havo mudofaasi, yer usti boşqaruv stansiyalari va kuzatuv radar obektlari nişonga olingan.

Eron javob zarbalari

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi çorşanba kuni Amerika zarbalariga javoban Iordaniyadagi AQŞ bazasi va Fors körfazidagi 21 ta turli nişonlarga hujum uyuştirdi.

Xususan, Eron tomoni Iordaniyadagi AQŞning «Al-Azraq» bazasidagi törtta obektni uzoq masofali raketalar bilan nişonga olganini bildirgan. Nişonlar orasida F-35 qiruvçi samolyotlari angarlari va qömondonlik-boşqaruv markazi ham borligi aytilmoqda. Muhofizlar korpusi AQŞning har qanday keyingi hujumiga «qaqşatqiç va hal qiluvçi» javob berişga tayyor ekani haqiqda ogohlantirdi.

2026-06-10 09.59.05

Iordaniya qurolli kuçlari çorşanba kuni Erondan «Al-Azraq» yönalişida uçirilgan beşta raketani tutib olgani va urib tuşirganini ma’lum qildi. Harbiylarning qöşimça qilişiça, raketalarni urib tuşiriş natijasida hosil bölgan parçalar Iordaniya hududiga tuşgan, biroq heç qanday talafot yoki moddiy zarar keltirmagan.