Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Volkswagen avtomobillari savdosini taqiqladi
Janubiy Koreya hukumati Audi Volkswagen Korea kompaniyasi avtomobillarini sotishni taqiqladi. Bundan avval, ushbu kompaniya Koreya respublikasi me'yorlariga mos kelishi uchun avtomobillarning is gaziga oid ko‘rsatkichlarini soxtalashtirishda ayblangan edi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi 47ta modelning shovqin va is gazi chiqarishiga oid raqamlari soxtalashtirilgani uchun Volkswagen kompaniyasiga 16 million dollarlik jarima tayinlagan hamda mamlakatda sotib bo‘lingan 83 ming mashinaga berilgan ruxsatni qaytarib olgandi. Ular, 2009-yildan shu yilning 25-iyuliga qadar sotilgan.
Shunday qilib, avvalroq qabul qilingan choralar bilan birga, Janubiy Koreyada 2007-yildan beri sotilgan 300 ming mashinadan 209 mingtasiga berilgan ruxsat qaytarib olingan. Shu bilan birga, bu qaror mashina egalariga ta'sir etmasligi, ular istagan vaqtda o‘z avtomobillarini sota olishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
18:50 / 11.06.2026
Audi yangi Q7 krossover avlodini taqdim etdi
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026