YeIda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish uchun tayyorlanishga chaqiriqlar yangramoqda
Riga shahri meri Nil Ushakov, YeIning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini qisman bekor qilishi uchun hozirlik ko‘rishga chaqirdi. Shu bilan birga, Rossiya tomonidan joriy qilingan oziq-ovqat mahsulotlari embargosining bekor qilinishiga «kichik umid» borligini qayd etgan.
«Hozirgi kunda, uncha katta bo‘lmasa-da, ammo YeI shu yil Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini qisman bekor qilishi borasida umid paydo bo‘ldi. O‘shanda, Rossiya ham aytaylik, sut mahsulotlariga qo‘yilgan embargosini bekor qilishi mumkin. Shu bois, biz bunga hozirdan tayyorlanishimiz kerak. Chunki, sanksiyalar bekor qilinsa, Rossiya bozoriga qaytish uchun litvaliklar ham, estonlar va polyaklar ham harakat qiladi. Biz bunda birinchi bo‘lishimiz kerak. Mening siyosatchi sifatidagi vazifam, tadbirkorlarga imkon darajasida yordam berishimdir», — deb yozgan Ushakov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning qayd etishicha, Riga sutni qayta ishlash kombinati (Rīgas piena kombināts)ning 2015 yilda yo‘qotgan daromadi 6 mln yevroni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
11:37 / 15.11.2024
YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi
08:08 / 14.11.2024