Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Italiyaga tahdid qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Italiyaning RAI teleradiokompaniyasiga "pul yuvish"da ayblanayotgan o‘g‘lining faoliyati tergovi Turkiya va Italiya o‘rtasidagi hamkorlikka ta'sir qilishi mumkinligini aytdi.
"Agar mening o‘g‘lim bu vaqtda Italiyaga qaytsa va hibsga olinsa, bu Italiya bilan munosabatlarimizda muammolar keltirib chiqaradi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishiga urinishni keskin yo‘l bilan bostirgani sababli G‘arb davlatlari tomondan tanqidga uchramoqda.
"Italiya mening o‘g‘limga emas, mafiyaga e'tiborini qaratishi kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Bunga javoban Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi "Italiyada mustaqil huquqiy tizim" borligi va "sudyalar Turkiya prezidenti oldida emas, Italiya konstitutsiyasi oldida javob berishlarini" aytdi.
Italiyaning Bolonya shahri prokuraturasi 18 fevralda tadbirkor Murat Hakan Huzanning arizasi asosida Erdo‘g‘anning o‘g‘liga qarshi ish qo‘zg‘atgan. Uning ta'kidlashicha, Erdo‘g‘an o‘g‘li Italiyaga qonuniylashtirish maqsadida katta miqdordagi pullarni olib kirgan.
Erdo‘g‘anning o‘g‘li Italiyada Jon Hopkins universiteti doktorlik darajasini olish uchun izlanish ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026