Fransiya 9 iyun kuni Isroil moliya vaziri, “Diniy sionizm” partiyasi rahbari Betsalel Smotriçning mamlakat hududiga kirişini taqiqladi.

Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barroning ma’lum qilişiça, çeklovlar nafaqat Smotriçga, balki Ğarbiy sohildagi isroillik köçmançilarning tört nafar yetakçisi hamda mahalliy aholiga nisbatan zöravonlik sodir etgani aytilgan yana 21 nafar şaxsga nisbatan ham qöllanilgan.

Barroning ta’kidlaşiça, Smotriç Ğarbiy sohilni Isroilga qöşib oliş (anneksiya qiliş), Ğazo sektorini qaytadan yahudiy köçmançilar bilan özlaştiriş hamda Falastin milliy ma’muriyatini iqtisodiy jihatdan zaiflaştiriş siyosatini faol tarğib qilib kelmoqda.

Fransiya taşqi işlar vaziri bu kabi siyosat xalqaro hamjamiyatning aksariyati tomonidan qöllab-quvvatlanmaydigan yondaşuv ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Parij ikki davlat — Isroil va Falastin davlatlari asosidagi yeçim tarafdori bölib qolmoqda.

Ğarbiy sohildagi vaziyat xalqaro tanqidlarga sabab bölmoqda

Sönggi oylarda Ğarbiy sohilda isroillik köçmançilar tomonidan falastinliklarga qarşi hujumlar köpaygani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful ham bu kabi hujumlarni qoralagan.

Isroil sönggi ön yilliklar davomida Ğarbiy sohilda önlab yahudiy aholi punktlarini barpo etgan. 2025 yil avgust oyida mamlakat hukumati Quddus yaqinida yangi köçmançilar posyolkalarini quriş loyihasini ma’qullagan edi.

Öşanda Betsalel Smotriç mazkur reja mustaqil Falastin davlatini taşkil etiş imkoniyatini “kömiş” uçun xizmat qilişini oçiq aytgan.

Italiyada yana bir isroillik vazirga qarşi iş oçildi

Bu orada Italiya prokuraturasi Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarşi tergov boşlagan.

Reuters agentligi ma’lumotiga köra, u Ğazo sektoriga humanitar yordam yetkaziş maqsadida yölga çiqqan “Sumud” flotiliyasi tarkibidagi italiyalik faollarni öğirlaş va qiynoqqa solişda gumon qilinmoqda.

Ben-Gvir ayblovlarni rad etar ekan, tergovdan qoçmasligini bildirgan. Şu bilan birga, u Italiya haqida haqoratomuz bayonotlar bergani uçun mamlakat taşqi işlar vaziri Antonio Tayani tomonidan keskin tanqid qilindi.