Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savchenko Donbassdagi ATA nomli tartibsizlikka nuqta qo‘yishga chaqirdi
Foto: Zumapress.com
Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko mamlakat sharqidagi aksil terroristik amaliyot (ATA)ga barham berishga chaqirdi. U, «Espresso» telekanali efirida shunday bayonot bergan.
«Harbiy holat joriy qilish kerak, degan g‘oya juda ham xavflidir. Biz ATA deb atalgan tartibsizlikni, imkon qadar tezroq, urushsiz yakunlashimiz kerak», — degan deputat.
Savchenkoning ta'kidlashicha, Ukrainada ikki yildan beri ATA emas, balki haqiqiy urush davom etmoqda. «Bizda urush bo‘layotgani aniq. Buni ikki yil avval, Qrim jarayonida tan olish kerak edi», — deb qayd etgan Nadejda.
Sobiq harbiy xizmatchining aytishicha, garchi Donbassdagi isyonchilarni urush uchun kechira olmasa ham, u hech qachon ularga nisbatan alamini saqlamagan.
3-avgust kuni Oliy radaning «Xalq front»i deputati Andrey Teteruk, «Batkivshchina» a'zosi Nadejda Savchenkoni «putinchi lobbist» deb atagan edi. Uning ta'kidlashicha, Savchenkoning bayonotlari Rossiya hukumatining Ukraina sharqidagi mojaroga nisbatan qarashiga mos keladi. Xususan, Donbass yetakchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqiriqlar va Kiyev siyosati mamlakatni parchalab yuborayotgani to‘g‘risidagi fikrlar shular jumlasidan.
Avvalroq, Oliy radaning Radikal partiyasi fraksiyasi rahbari Oleg Lyashko, Savchenkoni Rossiya hukumati bilan kelishib olganlikda ayblagan edi.
Mavzuga oid
12:08
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45
TIV rahbari: Vengriya Kiyevga dizel yetkazib berishni to‘xtatyapti
09:27