CSIS tomonidan e’lon qilingan hisobotda qayd etilişiça, Rossiya qöşinlari nafaqat frontdagi sustlaşgan hujumlar, balki şaxsiy tarkib örtasidagi yuqori yöqotişlar bilan ham jiddiy muammolarga duç kelmoqda.

Markaz hisob-kitoblariga köra, 2022 yil fevraldan buyon uruşda halok bölgan, yaralangan yoki bedarak yöqolgan harbiylar umumiy soni qariyb 2 million nafarga yetgan. Şundan taxminan 1,4 millioni Rossiya tomoniga, qolgan qismi esa Ukrainaga töğri keladi.

Hisobotda ta’kidlanişiça, avvalgi yillarda Rossiya va Ukraina yöqotişlari nisbati örtaça 2:1 yoki 3:1 atrofida bölgan bölsa, 2026 yilning birinçi yarmida bu körsatkiç 8:1 gaça oşgan.

Tahlilçilar ayrim ma’lumotlarga tayanib, Rossiya armiyasi yöqotişlarining 90 foizdan ortiği töğridan töğri janglarda emas, balki Ukraina dronlari zarbalari natijasida sodir bölayotganini qayd etmoqda.

CSIS mutaxassislari yuqori yöqotişlarning yana bir neçta sababini ham keltirgan. Ular orasida jang maydonidagi notöğri strategiya, turli bölinmalar harakatlarini muvofiqlaştira olmaslik, taktik tayyorgarlikning pastligi, korrupsiya, şaxsiy tarkibning ruhiy holati hamda Rossiya harbiylari uçun Starlink terminallarining işlamay qolgani qayd etilgan.

Hisobotga köra, 2026 yilda Rossiya har oy örtaça 30–34 ming nafar harbiydan ayrilmoqda. Bu körsatkiç bir oyda şartnoma asosida xizmatga qabul qilinayotgan taxminan 27 ming nafar köngilli sonidan yuqori bölib, şaxsiy tarkibdagi yöqotişlar töliq qoplanmayotganini anglatadi.

CSIS baholaşiça, uruş boşlanganidan beri Rossiya tomonidan 400–450 ming nafar harbiy halok bölgan. Ukrainada esa halok bölganlar soni 125–150 ming nafar atrofida baholanmoqda. Ukraina Qurolli kuçlarining umumiy yöqotişlari esa 525–625 ming nafarni taşkil etişi mumkin.

Tadqiqot mualliflari öz hisob-kitoblarida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlari, «Mediazona» va BBC rus xizmati tahlillari, şuningdek, AQŞ, Yevropa va Ukraina rasmiylari bilan ötkazilgan suhbatlarga tayanganini bildirgan.

Hisobotda ta’kidlanişiça, mojaro iştirokçilari öz yöqotişlari haqidagi ma’lumotlarni kamaytirib, raqib tomon yöqotişlarini esa yuqori körsatişga intiladi. Şu bois rasmiy Moskva va Kiyev e’lon qilayotgan raqamlar mustaqil manbalar baholari bilan töliq mos kelmaydi.

CSIS ma’lumotlariga köra, Rossiyaning Ukrainadagi halok bölgan harbiylari soni 1980-yillardagi Sovet Ittifoqining Afğoniston uruşidagi yöqotişlaridan 28 baravardan, birinçi va ikkinçi Çeçeniston uruşlaridagi umumiy yöqotişlardan 18 baravardan hamda Ikkinçi jahon uruşidan keyin SSSR va Rossiya iştirok etgan barça uruşlardagi qurbonlardan töqqiz baravardan ortiq ekani qayd etilgan.