Rossiya harbiylari 2 iyulga ötar keçasi Kiyev şahri böylab ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, dronlar orqali navbatdagi marta yopirilma zarba yölladi.

Bu uruş boşidan buyon Kiyevda kuzatilgan eng yirik hujumlardan biri böldi. Ukraina poytaxtining barça rayonlarida vayrongarçiliklar qayd etilgan.

Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenkoga köra, hujum oqibatida jami 100 ga yaqin turar joy binolari şikastlangan, şundan 20 dan ortiq uyga töğridan töğri raketa yoki dron kelib urilgan.

Desnyanskiy rayonida töqqiz qavatli uy vayron bölgan, içkarida odamlar qamalib qolgan. Darnitskiy rayonida bitta beş qavatli va bitta töqqiz qavatli uy zarba ostida qolgan.

Şevçenkovo rayonida ter yozdam stansiyalaridan birining binosi hujumga uçragan. Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning xabar qilişiça, bu yerda olti nafar tibbiyot xodimi yaralangan, ulardan biri oğir ahvolda.

Kiyevda Rossiya zarbasi kelib tuşgan uyda işlayotgan qutqaruvçilar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenko Rossiya hujumi oqibatida şaharda 20 dan ortiq uy şikastlanganini xabar qilgandi. Keyinroq Ukraina boş vaziri Yuliya Sviridenko aniqlik kiritib, 20 ta uyga töğridan töğri raketa yoki dron kelib urilgani, Kiyev öqqa tutilişi oqibatida jami 100 ga yaqin uy u yoki bu darajada şikastlangani haqida ma’lumot berdi. Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, eng jiddiy vayrongarçilik Darnitskiy rayonida qayd etilgan, bu yerda binoning «bir qismi tom ma’noda qulab tuşgan».

Kiyevda zarbaga uçragan uylardan birining xarobalarini tozalayotgan qutqaruvçilar
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Rossiya droni urilgan binoda kelib çiqqan yonğin
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

NASA (Fire Information for Resource Management System) kuzatuv xizmati ma’lumotlariga köra, tungi hujumdan keyin Obolon rayonidagi Bogatirskoy köçasida joylaşgan WOG avtomobillarga yoqilği quyiş tarmoğiga tegişli bölgan neft bazasi hududida katta yonğin çiqqan.