Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makka shahrida barpo etilayotgan dunyodagi eng mahobatli mehmonxonadan video va fotolavhalar
Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismida joylashgan Makka shahri Muhammad payg‘ambarning vatani hisoblanadi. Bu shahar har yili Haj safarini ado etish uchun kelgan millionlab kishilarni o‘zida jamlaydi.
Abraj Kuday dunyodagi eng katta mehmonxona bo‘lishi kutilmoqda, hozirgi paytda u yerda qurilish ishlari davom etmoqda.
Ushbu mahobatli mehmonxonada 10 000ta xona, 70ta restoran, 12ta minora va 5ta vertolyot yo‘lakchasi mavjud.

Saudiya Arabistoni Moliya vazirligi ushbu loyihani amalga oshirish uchun 3,5 milliard dollar ajratdi.
Abraj Kuday xonalari soniga ko‘ra, dunyodagi eng katta mehmonxona bo‘ladi.
45 qavatli mehmonxonaning ochilishi keyingi yilga mo‘ljallangan. Shunday bo‘lsa-da, u Saudiya Arabistoni iqtisodiyotidagi muammolar sabab yana orqaga surilishi mumkin. Bunga neft bahosining pasayishi ta'sir o‘tkazmay qolmaydi. Shunday bo‘lgan taqdirda, mehmonxona qurilishi 2018 yilda bitkaziladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026