Sport | 10:04 / 11.08.2016
26819
3 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: O‘zbekiston sportchilari 10 avgust kuni qanday natijalarga erishishdi va ular bugun kimlar bilan bellashishadi?

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda. Jahon mamlakatlari vakillari qatori O‘zbekiston sportchilari ham musobaqani goh g‘alaba, goh mag‘lubiyat bilan davom ettirishmoqda.

10 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalar:

Gulnoza Matniyozova. Dzyudo.
70 kg vazn toifasidagi ayol sportchilar o‘zaro bellashuvlardan birida o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyozova polshalik Katarzyana Klizga qarshi tatamiga chiqdi. Batafsil.

Sherali Jo‘rayev. Dzyudo.
Rio-2016 olimpiadasining dzyudo turnirida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sherali Jo‘rayev ikkinchi bahsini shvetsiyalik Markus Nimanga qarshi o‘tkazdi. Batafsil.

Rustam To‘laganov. Boks.
Riodagi Olimpiadaning boks musobaqalarida 91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Rustam To‘laganov chorak final bahsida ozarbayjonlik Abduqodir Abdullayev bilan kuch sinashdi. Batafsil.

Fazliddin G‘oyibnazarov. Boks.
O‘zbekiston jamoasi a'zosi Fazliddin G‘oyibnazarov kongolik bokschi Dival Malongaga qarshi ringga ko‘tarildi. Batafsil.

Hasanboy Do‘stmatov. Boks.
O‘zbekiston jamoasi a'zosi Hasanboy Do‘smatov chorak finalda Qozog‘iston vakili Birjan Jakipov bilan bahs olib bordi. Batafsil.

11 avgust kuni O‘zbekiston sportchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlar:

Soyib Qurbonov. Dzyudo.
11 avgust kuni o‘zbekistonlik dzyudochi shaxsiy vazni erkaklar o‘rtasida 100 kg bo‘lgan polvonlar bahsida ukrainalik Artem Bloshenko bilan kuch sinashadi. Ikki juftlik g‘olibi keyingi bosqichda pokistonlik Xusayn Shox bilan bellashadi.

Shahram G‘iyosov. Boks.

O‘zbekistonlik bokschi -69 kg, vazn toifasida nimchorak finalda ishtirok etadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi

Elshod Rasulov. Boks.

Ushbu sportchimiz -81 kg vazn toifasida nimchorak final bahsida ringga ko‘tariladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz: Akademik eshkak eshishning 13-24-o‘rinlari uchun o‘zbekistonlik Shahboz Xolmirzayev ham kurash olib borishi kerak edi. Ammo noqulay ob-havo sharoiti sabab bellashuv qoldirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish