Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötayotgan 31-Yozgi olimpiada öyinlari davom etmoqda. Özbekiston vakillari ham musobaqada işonç bilan harakatlanişmoqda.
Jumladan, 10 avgust kuni boks böyiça Özbekiston jamoasi a'zosi Fazliddin Ğoyibnazarov kongolik boksçi Dival Malongaga qarşi ringga kötarildi. Fazliddin uçraşuvda yaqqol ustun böldi. Kongolik sportçi zarbalarni ketma-ket qabul qilib olgaç, hakam uçraşuvni muddatidan oldin yakunladi. Şu tariqa Fazliddin 1/8 finalga yöl oldi.











