Sport | 06:11 / 11.08.2016
19843
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: Hasanboy Do‘stmatov yarim finalda amerikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Foto: Olympic.uz

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan 31-Yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks turi bo‘yicha bellashuvlari qizg‘in davom etmoqda.

10 avgust kuni O‘zbekiston jamoasi a'zosi Hasanboy Do‘smatov chorak finalda Qozog‘iston vakili Birjan Jakipov bilan bahs olib bordi. Aytish mumkinki, murosasiz kechgan jangda Hasanboy raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi - 3:0 (30:27, 30:27, 30:27).

Hasanboy Do‘stmatovning yarim finaldagi raqibi amerikalik bokschi Niko Ernandez bo‘ldi. Ikkala bokschi o‘rtasidagi jang 12 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 20:15 da bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid