Piyonista odam emasmi?
...“Qizil” yonishini kutsam, yana kech...”, – Doston o‘ylab ko‘rishga ham ulgurmadi – katta tezlikda kelayotgan mashina uni o‘sha daqiqada urib yubordi... Qochib ketdi! Doston esa yo‘l chetida qonga belanib yotganicha qoldi. 2 soat yotdi (sud tibbiy ekspertizasi xulosasi). Arang o‘ziga keldi. Asfaltga boshi bilan tushgani uchun miyasi chayqalgan, yuzi shilingan Doston shaharning gavjum mahallalaridan biri bo‘ylab uyiga bir amallab yetib keldi. “O‘sha kunni hech qachon unutolmasam kerak” – bir yil avval sodir bo‘lgan bu mash'um voqeani eslar ekan Sanobar aya ko‘ziga yosh oladi...
Ha, afsuski, bu to‘qima voqea emas. Ishonish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, kundalik turmushimizdan olingan bu voqeada achinarli jihatlar ko‘p. Sanobar ayani ham bu kabi savollar anchadan beri qiynaydi: “Doston 2 soat ko‘chada qonga belanib yotdi. Nima uchun unga hech kim yordam bermadi? Juda bo‘lmaganda “Tez yordam” chaqirtirishmadi?.. Ha, mayli, piyonista deb o‘ylashgandir. Lekin... piyonista ham odam-ku...”
To‘g‘ri, jamiyatda turli saviya, turli ma'naviyatli kishilar yashaydi. Ular orasida har kuni mast ahvolda ko‘chada sarson yuradiganlari, uyi yo‘q, yerto‘lalarda, axlat uyumlari atrofida tirikchilik ilinjida quymalanuvchilar ham yo‘q emas. Odatda ularni odamlar yaxshi taniydi, ularning shundayligiga o‘rganib ham qolishgan. Shunga qaramay kattalar bolalarga “anovi kishining oldiga yaqin borma, boshqa yo‘ldan yur”, deb o‘rgatishadi. O‘zlari uchun ehtiyot choralarini ko‘rishadi. Biroq o‘sha piyonista yordamga muxtoj bo‘lsa-chi... Orasta kiyinib ishga yo‘l olgan ziyoli kishining yerda yotgan “piyonista” xolidan xabar olgisi keladimi? Axir, uning kiyimlari iflos... Haligi ziyolining bashang ko‘rinishiga “qayerdagi bezori”ni o‘rnidan turg‘azib, uyiga eltib qo‘yish yarashadimi? Agar o‘sha yer quchoqlab yotgan behush odam o‘ylaganimizday piyonista emas, balki biror kor-xol tufayli shu ahvolga tushgan tuppa-tuzuk odam bo‘lsa-chi? Odamga odam yordam bermasa, unda kim ular haqida qayg‘uradi?
Mohlaroyim QAYuMOVA
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024