Jahon | 09:53 / 15.08.2016
3747
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York politsiyasi aeroportdagi otishma haqidagi xabarni rad etdi

Foto: AP Photo/ Emmanuel Dunand

Jon Kennedi nomli aeroportda otishma sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bu haqida shahar politsiyasi ma'lum qildi. 

"Jarohat olganlar yo‘q. Hech qanday otishma bo‘lmagan, chog‘i", - deyiladi Nyu-York maxsus operatsiyalar bo‘limi rahbarining Twitter'dagi mikroblogida.

  Politsiya xodimlarining ta'kidlashicha, aeroportda amalga oshirilgan evakuatsiya va boshqa choralar yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ko‘rilgan. 

  Bundan avval OAVda yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:30da Nyu-York shahrining Kennedi nomli aeroportning sakkizinchi terminalida ikki marta otishma ovozi eshitilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Politsiya jinoyatchini izlashga kirishdi va shu bois aeroport binosi va unga tegishli hududda bo‘lgan kishilarni evakuatsiya qildi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid