O‘zbekiston | 15:50 / 17.08.2016
8210
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahrida oltinko‘llik mirishkorlarning bayram oldi yarmarkasi ish boshladi

Yurtimizda yaqinlashib kelayotgan eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami shukuhi kezib yuribdi. Qutlug‘ kunlar arafasida shahar aholisini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida Andijon shahrida “Ona yer saxovati” yarmarkalari ish boshladi.

Oltinko‘l tuman mirishkorlari shaharning 1 kichik dahasida ana shunday yarmarka tashkil etib, shaharliklarga o‘zlari yetishtirgan poliz, sabzovot, baliq va go‘sht singarig qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib bermoqdalar.

– Savdo shaxobchalarimizda dehqonlarimiz tomonidan taqdim qilingan sara qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotilmoqda, – deydi Oltinko‘l tuman hokimligi vakili Shoyatbek Ergashev. Bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta'minlash maqsadida mahsulotlarimiz bozordagiga nisbatan arzon narxlarda sotilmoqda. Yaratilgan bunday qulaylikdan shahar aholisi behad mamnun bo‘layotir.

Tashkil etilgan yarmarkaga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi va ular uchun savdo shaxobchalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Matn va suratlar muallifi: Elmurod ERMATOV, Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid