Jahon | 18:32 / 17.08.2016
57910
2 daqiqa o‘qiladi

Kun jadvali: Dunyoning eng yuqori maosh oluvchi rahbarlari

Dunyo iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlarni egallovchi mamlakatlar prezidentlari va bosh vazirlari qancha maosh olishini bilasizmi? InsiderPro dunyoning eng yuqori maosh to‘lanadigan rahbarlari jadvalini taqdim qildi

Davlat rahbarlari orasida eng yuqori maosh AQSh prezidentiga to‘lanishi ma'lum bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, Barak Obama o‘z faoliyati uchun bir yilda 400 ming dollar maosh oladi. Joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlaridan so‘ng bu lavozimni egallaydigan siyosatchiga (Hillari Klinton yoki Donald Tramp) ham xuddi shunday haq to‘lanadi. Bu summa ularning umumiy daromadlari dengizida bir tomchi, xolos. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Bill va Hillari Klinton 10,6 million dollar pul ishlashgan, Donald Tramp esa - 560 million dollar. 

Eng yuqori maosh oluvchi davlat rahbarlari ro‘yxatida AQSh prezidentidan keyingi o‘rinlarda Jastin Tryudo, Angela Merkel, Sindzo Abe, Jyeykob Zuma, Fransua Olland, Tereza Mey, Vladimir Putin, Matteo Rentsi, Dilma Rusef, Narendra Modi, Si Tszinpin nomlari qayd etilgan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu ro‘yxatning sakkizinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Uning yillik daromadi taxminan 8,9 million rubldan (137 ming dollar) iborat. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid