Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016 turniridagi yana bir ta'sirli vaziyat. Ular haqiqiy g‘oliblar
Rio-de-Janeyrodagi olimpiadada yana bir ibratli voqea ro‘y berdi. 5000 metr masofaga yugurish bo‘yicha ikkinchi yarim final bahslari vaqtida Yangi Zelandiya vakili Nikki Hemblin yiqilib tushdi va unga ortdan kelayotgan amerikalik Ebbi D’Agostino qoqilib ketdi.
D’Agostino o‘rnidan turadi va yo‘lni davom ettirmasdan Hemblinga ko‘tarilishga yordam beradi va uni yugurishda davom etishga undaydi. Ammo bir necha metrdan keyin uning o‘zi tizzasidagi jarohat tufayli yiqiladi, bu safar esa uni yangi zelandiyalik sportchi yelkasidan tutib yerdan ko‘taradi.
Yakunda Hemblin marraga 29-chi, D’Agostino esa 30-chi bo‘lib yetib keladi. Finishdan keyin bu ikki sportchi bir-birini quchib turgan surat jamoatchilik olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisaga munosabat bildirgan foydalanuvchilar voqea «Olimpiya ruhi» namunasi ekanini ta'kidladi. Har ikki sportchiga final bosqichida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.



Mavzuga oid
16:40 / 25.11.2024
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
11:42 / 17.11.2023
Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
10:20 / 15.11.2023
O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yugurish musobaqalari o‘tkaziladi
09:39 / 22.06.2023