Dilfuza Allayorova uç farzandning onasi, bir nevaraning buvisi. 33 yildan beri Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanidagi 7-sonli umumiy örta ta’lim maktabida rus tildan dars berib keladi. U asosiy kasbidan taşqari muntazam yugurişni odat qilgan. Joriy yilda 50-54 yoş toifasida Sidney marafonida ğolib çiqqan. Kun.uz bilan suhbatda u şu yoşda qanday qilib uzoq masofalarga yugurişning uddasidan çiqayotgani, buning maşaqqatlari haqida gapirib berdi.

Onamning istagi bilan öqituvçi bölganman

33 yildan beri maktabda pedagog sifatida işlayman. Özbek sinflarga rus tilidan, rus sinflarga esa özbek tilidan dars beraman. Aslida öquvçilik davrimdan sportga iştiyoqim baland edi. Basketbolga qiziqardim, şu sport turi böyiça musobaqalarda qatnaşardim. Maktabni tamomlagandan söng jismoniy tarbiya va sport universitetida öqişni davom ettiriş niyatim bölgan. Salohiyatimni bilgan universitetdagi murabbiylar “oliygohimiz nomidan basketbol böyiça musobaqalarda iştirok etsang, seni öqişga imtihonsiz qabul qilamiz”, degan takliflarni ham bildirgan. Ammo onam sport sohasida ta’lim olişimni xohlamagan. “Pedagogika böyiça öqiyver, böş vaqtingda basketbol bilan mustaqil şuğullanib yuraverasan”, degan maslahatlarni berib, öqituvçilik kasbini egallaşimni istagan. Şu sabab oliy ta’limni Nijniy Novgorod davlat pedagogika oliygohida olganman. Universitetda ham basketbol terma jamoasiga qabul qilinib, turli musobaqalarda qatnaşganman. Öşa paytda onamning sport sohasida öqişimga qarşilik qilganidan ranjigan bölsam-da, hozirda ulardan minnatdorman. Sababi, ayni vaqtda sevimli kasbim ham bor, sevimli maşğulotim – sport ham bor.

Mahallada yuguriş boşida noqulaylik tuğdirgan

Tongi soat 05:00 da köçaga çiqib, sport maşğulotlarini boşlayman. Kunlik rejamga köra, bir soatdan bir yarim soatgaça jismoniy maşqlarni bajaraman. Har kuni örtaça ön kilometrdan ortiq yuguraman. Maktabdagi darslarim soat sakkizda boşlangani uçun şu vaqtga qadar maşğulotlarni tugatib, darsga ketaman.

Uyimiz Toşkent viloyatining çekka hududlaridan biri – Yangibozor qörğonida joylaşgan. Yugurişni boşlagan ilk vaqtlarimda mahalladan ötiş juda noqulay bölardi. Yoşi katta ayolning köça böylab yugurib yurişi mentalitetimizga yotroq jarayon bölgani uçun qöşnilar ğayrioddiy köz bilan qaraşardi. Körganlar “qiladigan boşqa işing yöqmi, ertalabdan nima zaril senga?” degan turli kesatiqlar qilardi. Qolaversa, yoş kelinlar saharda hovli-uylarni supurib turganda ularning oldidan onasi tengi bölib yugurib ötiş özimga ham boşida yangliş tuyulgan. Maşğulotlarni muttasil davom ettirganimdan keyin mahallamizdagilar buni odatiy holdek qabul qiladigan bölişdi. Keyinçalik magistral böylab yugurişni boşladim. Yölda ham qiziq voqealar yuz berardi: kimdir baland ovozda signal çalib, odamni noqulay holga solib ötsa, kimdir “olğa”, “my verim v tebya”, “yugurişni töxtatmang”, degan sözlar bilan motivatsiya berib ketardi.