Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universitetiga Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi tashrif buyurdi
Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan 2016 yilning 12 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Bangladeshning Toshkentdagi diplomatik missiyasi rahbarining Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi oliy o‘quv yurti bilan tanishish va ikki mamlakatlarning universitetlari orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama etish maqsadida tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sherzod Shermatov mehmonni qutladi va O‘zbekistondagi xorijiy universitetlar filiallari o‘rtasidagi eng yosh o‘quv yurti faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga, u universitetning infratuzilmasi va o‘quv jarayonlarini yanada yaxshilash bo‘yicha rejalari haqida ham ma'lumot berdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bangladesh universitetlari o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, ular talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv so‘nggida elchi Mosud Mannan universitet tashriflar kitobiga o‘zining samimiy tilak va istaklarini yozib qoldirdi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026