Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda undan so‘ramay sendvichini yeb qo‘ygan ma'shuqasini o‘ldirgan erkak 22 yillik qamoq bilan jazolandi
AQShning Nyu-York shtati fuqarosi undan so‘ramay sendvchini yeb qo‘ygan ma'shuqasini otib qo‘ydi va buning uchun 22 yillik qamoq bilan jazolandi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, gap Buffalo shahrida yashovchi Markus Gottshe haqida bormoqda. U 2011 yilda o‘z uyida 28 yoshli Jasmin Armurni otib tashlagan edi. Erkak surishtiruv davomida alkogol ta'sirida bo‘lgani va Armur stolda turgan sendvichni undan so‘ramay yeb qo‘ygani uchun jahl ustida ushbu jinoyatga qo‘l urganini tan oldi.
Surishtiruv materiallariga ko‘ra, Gottshe ayol bilan janjallashib qoladi va uydan chiqib ketmoqchi bo‘lgan ayolning ortidan vintovakada o‘q uzadi. Armur voqea joyida halok bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:21
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
12:56
«Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi» - Tramp Eronning tinchlik taklifini rad qildi
08:17