Jamiyat | 19:28 / 18.08.2016
8214
1 daqiqa o‘qiladi

Di Kaprioning xayriya fondi firibgarlikda ayblandi

Leonardo Di Kaprioning xayriya fondi Malayziyaning 1MDB davlat fondidan uch milliard dollar pul yuvishlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bergan. AQSh Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, aktyorning notijoriy tashkiloti 1MDB dan xayriya qilingan pullarni qabul qilib olgan. Vazirlik xodimlari aynan shu ishda pul yuvilganini gumon qilishmoqda.

Vazirlik hisobotida ma'lum qilinishicha, Di Kaprio Malayziya mash-mashalarida ishtirok etib yuradigan odamlar, jumladan, moliyachi Jou Lou bilan yaqin tanish bo‘lgan. Lou 1MDBning milliard dollarlab pullarini shaxsiy manfaatlariga sarflab yuborgan jinoyatchi hisoblanadi.
Di Kaprioning o‘zi va uning fondi vakillari AQSh Adliya vazirligi hisobotiga nisbatan izoh berishmagan.

 

Mavzuga oid