Xitoy hukumati qochqinda yurgan 400 nafardan ziyod korrupsiyachini qo‘lga oldi
Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “O‘rmondagi ov – 2016” maxsus operatsiyasi doirasida mamlakatdan qochib ketib, xorijda berkingan 409 XXR fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda XXR jamoatchilik xavfsizligi vazirligi ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Vazirlik joriy yilning may oyidan korrupsiyaga qo‘l urgan yoki mansabini suiiste'mol qilgan va xorijga qochib ketgan XXR fuqarolarini qo‘lga olish bo‘yicha yangi kampaniya boshlagan edi. Kampaniya “O‘rmondagi ov – 2016” deb nomlangan edi.
Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar orasida qidiruvdagi eng xavfli 15 kishi ham bor. Shuningdek, 127 kishi 10 million yuandan ko‘p (1,5 million dollar) mablag‘ ishi bo‘yicha ayblangan. 28 kishining ishi esa 100 million yuandan yuqori summa bilan bog‘liq. Ma'lum qilinishicha, 33 kishi 5 yildan beri, 12 kishi esa 10 yildan beri XXR tashqarisida qochqinda yashagan.
Mavzuga oid
09:20 / 19.10.2024
ifo: Ukrainalik qochqinlarning chorak qismi xorijda qolishni xohlaydi
10:40 / 17.10.2024
Bavariyadagi shahar meri yangi ukrainalik qochqinlarni qabul qilmadi
16:50 / 21.09.2024
Germaniyada qochqinlar soni yangi maksimal ko‘rsatkichga yetdi
19:53 / 10.09.2024