Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom hududida joylaşgan Qoşğar şahri Markaziy Osiyo va Xitoy sivilizatsiyalari tutaşgan muhim nuqtalardan biri hisoblanadi. Ming yillar davomida Buyuk Ipak yölining asosiy bekatlaridan bölgan bu şahar bugun ham tarixiy qiyofasi va öziga xos madaniy muhitini saqlab qolgan.

Qoşğar köçalarida sayr qilar ekansiz, bir tomonda zamonaviy binolar va keng köçalar, ikkinçi tomonda esa asrlar davomida şakllangan qadimiy mahallalar oralab ötasiz. Ayniqsa, şaharning qadimiy qismi — Eski şahar (Ansiyent Sity) sayyohlarni eng köp öziga jalb qiladigan maskanlardan biridir.

Qoşğarning ayrim mahallalari Özbekiston mahallalarini eslatadi. Köçalar muhiti, uylarning me’moriy qiyofasi va kundalik hayot manzaralari özbeklar uçun ham juda taniş tuyuladi. Bu öxşaşlik – Ikki hududni asrlar davomida Buyuk Ipak yöli orqali boğlab kelgan umumiy tarixiy va madaniy ildizlardan darak beradi.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon Ğaniyevning Xitoyga xizmat safari çoğida olgan suratlari orqali Qoşğarning bugungi hayoti va betakror muhitini yaqindan his qilişingiz mumkin.