Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:22 / 18.08.2016
12542
1 daqiqa o‘qiladi
Latviya politsiyasi Yozni xalqaro qidiruvga berdi
Latviya davlat politsiyasi Twitter sahifasida yoz mavsumini halqaro qidiruvga bergani haqida ma'lum qildi.
"Operativ-qidiruv ishlari natijasida aniqlanishicha, yoz mavsumi mamlakat hududini tark etgan. Shu munosabat bilan, Yoz halqaro qidiruvga beriladi", — deb yozilgan Latviya politsiyasining rasmiy sahifasida. Albatta, bu xabar kinoya mazmunida yozilgan.
Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi ikki haftadan beri Latviyada surunkali yomg‘ir kuzatilmoqda, havo harorati esa, 20 darajadan ko‘tarilmayapti.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish