Sport | 21:43 / 18.08.2016
8547
2 daqiqa o‘qiladi

Mamiashvili Olimpiadada kumush medal olgan kurashchilarni haqoratlaganini rad etdi

Foto: lenta.ru

Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili rossiyalik kurashchi qizlarning Olimpiada o‘yinlari kumush medallariga sazovor bo‘lishi borasida fikr bildirgan vaqtida aytgan so‘zlarini noto‘g‘ri tushunishganini ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, "Yangiliklar milliy xizmati"ga bergan intervyusida bildirgan izohlarini noto‘g‘ri talqin qilishgan. 

"Men unday demadim. Kumush va oltin medal o‘rtasidagi vaqt arzimasligi, juda kichik lahza ekanini aytdim", — degan Mamiashvili. 

Bundan avval, Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili Rio-2016ning erkin kurash musobaqalarining final bahsida imkoniyatngandi. «360» telekanali uning intervyusini efirga uzatgan.

«10 soniya — oltin medal bahosi. Tabriklashni xohlamayman, tabriklamayman ham. Ular g‘olib bo‘lishlari shart edi. Ular, 10 soniya harakat qilmaslik o‘rniga o‘lganlari yaxshi edi. Men shunday yashaganman, yashayapman, yashayman. Ular ham istaganicha yashasin. Ammo, ularga kechirim yo‘q», — degan Mamiashvili keskin ruhda.

Uning fikricha, ikkala sportchi qizlar irodasizlikni namoyish etishgan — «mamlakat sha'ni va bayrog‘i uchun bunday kurashmasliklari kerak edi». «10 soniya ichida oltin medallardan mahrum bo‘lish — ular hech narsaga arzimaydi», — deb ta'kidlagandi Mamiashvili.

Vorobeva 69 kggacha vazn toifasida yaponiyalik Sara Doshoga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Koblova 58 kggacha vazn toifasida yana bir yaponiyalik Kaori Ichoga mag‘lub bo‘ldi.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid