Jahon | 12:17 / 18.08.2016
11850
2 daqiqa o‘qiladi

OAV AQShning Eronga 400 mln dollar to‘laganiga oid tafsilotlarni e'lon qildi

Shu yilning yanvar oyida AQSh 400 mln dollar miqdoridagi turli jahon valyutalari ko‘rinishidagi pullarni, uch nafar ozod qilingan amerikalik Tehrondan uchib ketishgach, Eronga taqdim etgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, mablag‘larni to‘lash «Eronda uzoq vaqtdan beri garovda saqlab kelingan amerikalik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha jiddiy o‘ylangan rejaning bir qismi bo‘lgan».

WSJ suhbatdoshlarining aytishicha, turli valyutalardagi naqd pullar, uchinchi tomon ixtiyorida, ya'ni Jyenevada turgan, bu yerga Iran Air aviakompaniyasining transport samolyoti yetib kelgan. 17-yanvar kuni ertalab Shveytsariya harbiy havo kuchlari samolyoti uch nafar amerikalikni olib Tehrondan havoga ko‘tarilishi bilan amerikalik mulozimlar pullarni Eron hukumati vakillariga topshirgan. 

3-avgust kuni jahon OAVda AQSh prezidenti ma'muriyati shu yilning boshida maxfiy ravishda bortida 400 mln dollar miqdoridagi naqd pul bo‘lgan samolyotni Eronga yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng, AQSh prezidenti Barak Obama bu to‘lovlar Eronga amerikalik mahbuslarni ozod qilish uchun to‘lanmaganini aytgandi. 
 

Mavzuga oid