AQŞ prezidenti Donald Tramp Erondagi rejimning özgarişi – «röy berişi mumkin bölgan işlarning eng yaxşisi» ekanini aytdi va şu bilan mamlakatda ruhoniylar boşqaruvini özgartiriş ğoyasini qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.
«47 yil faqat quruq gaplar bölgan. Bu vaqt mobaynida biz juda köp odamni yöqotdik», – degan u.
Tramp Eron rahbarligiga kimni qöymoqçi ekaniga aniqlik kiritişdan boş tortdi, biroq bu lavozimni egallaşi mumkin bölgan «odamlar borligi»ni ta’kidladi. Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Trampning sönggi bayonotlariga hozirça munosabat bildirmadi.
Bu vaqtda AQŞ Eronga yadroviy kelişuv tuziş uçun bosimni kuçaytiriş maqsadida Yaqin Şarqqa ikkinçi aviataşuvçini yuborgan.
Trampning sözlariga köra, dunyodagi eng yirik harbiy kema va Amerikaning eng zamonaviy USS Gerald R Ford aviataşuvçisi «juda qisqa muddatda» Karib havzasidan Yaqin Şarqqa köçiriladi.
Tramp öziga tegişli bölgan Truth Social platformasida Amerikaning Yaqin Şarqqa oldinroq yuborilgan USS Abraham Lincoln aviataşuvçisi oldiga yöl olgan uşbu aviataşuvçining aerofotosini joylaştirgan.

Pentagon USS Abraham Lincoln aviataşuvçisini yanvar oyida, AQŞ Eron hukumati norozilik namoyişlarini şafqatsizlarça bostirişiga javoban uşbu mamlakatga zarba beriş bilan tahdid qilganidan keyin mintaqaga yuborgandi.
Tramp yadroviy kelişuvga erişilmaydigan bölsa, Eronga zarba beriş bilan tahdid qilgan bölsa-da, çorşanba kuni Oq uyda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan bölib ötgan uçraşuvidan söng Tehron bilan muzokaralarni davom ettirişni talab qila boşladi.
«Kelişuv tuzişning imkoni bor yoki yöqligini aniqlaş uçun Eron bilan muzokaralarni davom ettirişni talab qilganimdan boşqa heç qanday yakuniy kelişuv yöq», – deya yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Juma kuni Fort-Breggeda qilgan çiqişida Tramp Tehron AQŞ zarbasidan qutulib qoliş uçun nima qilişi kerakligi haqidagi savolga javoban Eron «avvalroq taklif qilişi kerak bölgan kelişuvni taklif qilişi lozimligi»ni aytdi.
AQŞ Eronda uranni boyitiş işlarini töxtatişni talab qilmoqda, Netanyahu hukumati esa Tehrondan ballistik raketalar dasturini, şuningdek, Hamas va «Hizbulloh» kabi radikal guruhlarni qöllab-quvvatlaşni qisqartirişni talab qilmoqda.














