BMT Gaitida vabo emidemiyasining paydo bo‘lishiga aloqasi borligini tan oldi
BMT Gaitida 2010 yilda vabo emidemiyasining paydo bo‘lishiga aloqasi borligini tan oldi. Epidemiya oqibatida 9 ming kishi vafot etgan. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haq bayonotida ma'lum qilindi.
BMTda vabo "agar BMTning xatti-harakatlari bo‘lmaganda" boshlanmagan bo‘lishi haqidagi xulosaga kelishdi. Shuning uchun Haq BMT odamlarning aziyat chekishini kamaytirish uchun "ko‘proq ishni amalga oshirmoqchi" ekanligini ma'lum qildi.
"BMT Gaiti hukumati bilan hamkorlikda 2010 yilda vabo boshlangandan keyin uni bartaraf etishga ko‘plab sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda, biroq tashkilot oxirgi yil kasallikning boshlanishidagi dastlabki roli bilan bog‘liq holda ko‘proq ishlarni amalga oshirishi kerakligiga ishonch hosil qildi", deb aytdi Haq.
2010 yil oktabridan Gaitida vabodan 9 ming kishi halok bo‘lgan, u bilan kasallanganlar soni 700 ming kishidan oshib ketgan. Joriy yilning dastlabki 2 oyidayoq 96 ta vabo bilan kasallanish holati qayd etilgan.
Mahalliy aholi va epidemiologlar fikricha, vaboning tarqalishiga BMTning nepallik tinchlikparvar qo‘shinlari lageridagi oqova suvlarning Artibonit daryosiga tashlangani sabab bo‘lgan.
BMT bungacha kasallik manbasini aniq o‘rnatishning imkoni yo‘qligini ta'kidlab, epidemiyaning avj olishida javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortib kelgan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024