Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda afsonaviy Muhammad Alining chempionlik kamari auksionga qo‘yiladi
AQShdagi auksionda afsonaviy bokschi Muhammad Alining ba'zi shaxsiy buyumlari sotuvga qo‘yiladi. Jumladan, Alining chempionlik kamari ham sotiladi. Bu haqda Heritage Auctions auksion uyi vakillari ma'lum qilishdi.
Auktsion tashkilotchilarining fikricha, Ali 1974 yilda Jorj Forman bilan jangda qo‘lga kiritgan mutlaq jahon chempioni kamari kamida 600 ming dollarga sotiladi.
Auktsionda bokschi tomonidan 1964 yilda yozilgan va Life jurnaliga yuborilgan maktub ham sotiladi. Bu maktubda Ali islom dinini qabul qilish va ismini o‘zgartirishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Bu maktubni 100 ming dollarga sotish rejalashtirilmoqda.
Auktsion 10 sentyarbda o‘tkaziladi. Unda hammasi bo‘lib 79 ta lot sotuvga qo‘yiladi.
Muhammad Ali 2016 yil 3 iyunda 75 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Sportchi 30 yildan ko‘proq vaqt mobaynida Parkinson kasalidan aziyat chekib kelgan.
Mavzuga oid
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025