Jahon | 21:46 / 21.08.2016
7050
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya qochqinlar oqimi tufayli Shveytsariya bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirdi

Germaniya hukumati noqonuniy qochqinlar oqimi ko‘paygani tufayli Shveytsariya bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda 21 avgustda Shveytsariya moliya vaziri Uli Maurer ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Maurerning fikricha, bu qadam Berlin "qochqinlarga eshiklarini yopganini" anglatadi. Maurerning ta'kidlashicha, chegaraga qo‘shimcha 90 nafar chegarachi va 40 politsiyachi yuborilgan. 

Germaniya ichki ishlar vazirligida chegara nazorati kuchaytirilgani tasdiqlandi. Shuningdek, Germaniyaga kirish qoidalarini buzayotganlar soni tobora ortib borayotgani qo‘shimcha qilindi.     

Reuters’ning fikricha, majburiyatlariga chegara nazorati kiruvchi Maurer har kuni Italiyaga minglab noqonuniy muhojirlarni qaytarayotgan Shveytsariya hukumati xatti-harakatlarini oqlash uchun Berlinning qattiqqo‘l siyosatini qo‘llamoqda. Qochqinlar Shveytsariya hududi orqali tegishli hujjatlarsiz va boshpana berilishi uchun ruxsat so‘ramasdan Germaniya va boshqa davlatlarga o‘tishga urinmoqdalar.

15 avgustda Germaniya maxsus xizmatlari qochqinlar uchun priyutlar orqali IShID terrorchilik guruhiga yollashlar amalga oshirilayotgan yuzlab holatlar haqida xabar bergan. Yarim yil avval esa Germaniya kontrrazvedkasi muhojirlar orasida IShID jangarilari mavjudligini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid