Sport | 20:02 / 21.08.2016
17313
2 daqiqa o‘qiladi

Prevyu. Fazliddin G‘oibnazarov oltin medal uchun ringga chiqadi

Bugun Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi turniri finalida o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov oltin medal uchun jang qiladi. Uning raqibi kelib chiqishi kubalik bo‘lgan, turnirda Ozarbayjon nomidan ishtirok etayotgan sportchi Kallozo Sotomayor.

G‘oibnazarov final yo‘lida kongolik Malonga Dzalamou, hindistonlik Manoj Kumar, amerikalik Geri Rassell, rossiyalik Vitaliy Dunaytsev kabi bokschilardan ustun kelgandi.

Sotamayor esa finalga qadar Ukraina, Fransiya, Kuba va Germaniya bokschilarini mag‘lub etgan hamda finalda jang qiladigan birinchi ozarbayjonlik bokschi hisoblanadi. Bo‘yi 185 sm bo‘lgan, 31 yoshli bu bokschi 2015 yili Baku shahri mezbonlik qilgan Yevropa o‘yinlarida oltin medal olgan. U "Gabala" sport klubi a'zosi.

Ushbu ikki bokschi muqaddam bir marta o‘zaro to‘qnashgan va unda Sotamayorning qo‘li baland kelgan. O‘shanda G‘oibnazarov Bolgariyadagi musobaqada hakamlar bahosiga ko‘ra yutqazgan va unda bugun revansh olish imkoniyati bor.

Jang Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid