Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov (7-1, 4 KO) özining sakkizinçi jangini ötkazdi.

AQŞning Arizona ştati Tyukson şahrida bölib ötgan jangda unga amerikalik Maykal Foks (20-1, 5 KO) raqiblik qildi. 10 raundga möljallangan jang töliq davom etdi va unda bir ovozdan oçkolar böyiça Foks ğalaba qozondi. Hakamlar 96-92, 96-92, 95-93 hisoblarida Foks ğalabasini e'tirof etdi.

Natijada Fazliddin Ğoibnazarov özidan salkam 25 sm balandroq raqibga yutqazib, prof-boksdagi birinçi mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.

Foks şu yilning fevralida özbekistonlik boşqa bir boksçi Şohjahon Ergaşevga (16-0, 14 KO) mağlub bölgandi, u öşa jangdan söng dastlabki ğalabasiga erişdi.