Sport | 08:22 / 21.08.2016
48491
2 daqiqa o‘qiladi

Prevyu. Rio-2016 olimpiadasining so‘nggi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi bahslarda ishtirok etadi

Bugun Rio-de-Janeyro Olimpiadasining oxirgi kuni. Bugun 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etadi. 

Bugun bokschilar Shahobiddin Zoirov va Fazliddin G‘oibnazarov oltin medal uchun ringga chiqadi.

An'anaga ko‘ra, 42 km. 195 metr masofaga o‘tkaziladigan marafon musobaqasi olimpiadaning eng so‘nggi kunida o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalish g‘olibi olimpiadaning yopilish marosimida taqdirlanadi. O‘zbekistonlik atlet Andrey Petrov ushbu musobaqada startga chiqadi.

Marafon, 42 km. 195 metr
Andrey Petrov

Boshlanish vaqti — 17:30

Erkin kurash
Ixtiyor Navruzov (-65 kg)

Raqib: Adam Botirov (Bahrayn)
Bosqich: Nimchorak final

Magomed Ibragimov (-97 kg)
Raqib: Bedopassa Buassat (Gvineya-Bissau)
Bosqich: Saralash
Erkin kurash bahslari soat 16:30dan start oladi. 

Boks
Shahobiddin Zoirov (-52 kg)
Raqib: Misha Aloyan (Rossiya)
Bosqich: Final
Vaqt: 22:15

Fazliddin G‘oibnazarov (-64 kg)
Raqib: Lorenso Sotomayor (Ozarbayjon)
Bosqich: Final
Vaqt: 23:00.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid