Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda taksi xizmatining yangi namunasi joriy etilishi mumkin
Dunyoga mashhur «Airbus» aviasozlik kompaniyasi yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun muqobil uchuvchi transport vositalarini barpo etish rejasini oshkor qildi. Bu yangilikni joriy qilish uchun BAA tanlandi, deb yozmoqda The National.
Ilk qurilmaning sinov parvozlari kelasi yil oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi platformani yasash uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarning aksariyati hozirgi kunda mavjud.
Shu boisdan Airbus loyiha bo‘yicha olib borilishi belgilangan ishlarning jadvali, zaruriy texnologiyalar va moliyaviy qismi xususida hisobotni e'lon qilgan. Loyiha yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan.
Hozircha, yo‘lovchilarni tashish tartibi qanday yo‘lga qo‘yilishi noma'lum. Balki, bir guruh yo‘lovchilar belgilangan yo‘nalishdagi harakat uchun haq to‘lashadi, yoki ma'lum bir mablag‘ evaziga uchuvchi transport vositasi yollanadi.
Airbus mutaxassislarining taxminlariga ko‘ra, yaqin 10 yilda shahar jamoat transportida tom ma'noda inqilob yuz beradi. Ayni vaqtda, mazkur loyiha uchun mas'ul bo‘lgan jamoa uning dizayni borasida kelishib olgan va qurilmaning tizimlarini sinash ishlarini boshlab yuborgan.
Kompaniya dastlab uchuvchi tomonidan boshqariladigan transport vositalarini bozorga chiqarishni rejalashtirgan. Masalaning huquqiy yechimi hal etilgach, muqobil uchuvchi transport vositalari ham paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
22:36 / 21.05.2026