Jahon | 20:02 / 22.08.2016
7087
1 daqiqa o‘qiladi

Nikolya Sarkozi Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Fransiyada 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma'lum qildi. U bu istagini o‘zining "Barchasi Fransiya uchun" (Tout pour la France) deb nomlangan kitobida aytib o‘tdi. Bu haqda Frans Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Men 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lishga qaror qildim", deb parcha keltirildi Sarkozi kitobidan agentlik.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu kitob 24 avgustda savdoga chiqariladi. Sarkozi 25 avgustgacha Respublika partiyasi yetakchisi lavozimidan ketadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid