SIPRIʼning 2026 yilgi yillik hisobotida qayd etilişiça, AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Şimoliy Koreya va Isroil kabi töqqizta yadroviy davlat 2025 yil davomida öz yadroviy dasturlarini modernizatsiya qilişni davom ettirgan.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, 2026 yil yanvar holatiga dunyoda jami 12 ming 187 ta yadroviy jangovar kallak mavjud bölgan. Ularning qariyb 9 ming 745 tasi ehtimoliy qöllaş uçun saqlanmoqda. Şuningdek, 4 mingdan ortiq jangovar kallak raketa va samolyotlarga joylaştirilgan, 2,1–2,2 mingtasi esa yuqori jangovar tayyorgarlik holatida turibdi. Bu zaxiralarning deyarli barçasi Rossiya va AQŞ hissasiga töğri keladi.
Qurolsizlaniş davri yakunlanmoqda
Hisobotda ta’kidlanişiça, sovuq uruşdan keyingi davrda Rossiya va AQŞ eski yadroviy qurollarni yöq qiliş böyiça amalga oşirgan işlar yangi qurollar joylaştiriş sur’atidan yuqori bölgan. Bu esa global yadroviy arsenalning yilma-yil qisqarişiga olib kelgan.
Biroq SIPRI ekspertlari fikriça, bu tendensiya endi özgarmoqda. Eski qurollarni demontaj qiliş sur’ati pasaymoqda, yangi tizimlarni joylaştiriş esa tezlaşmoqda.
Institutning ommaviy qirğin qurollari böyiça dasturi katta ilmiy xodimi Xans Kristensenning ta’kidlaşiça, yadroviy davlatlar qurolsizlaniş böyiça olgan majburiyatlarini ikkinçi darajaga surib qöymoqda.
Uning fikriça, davlatlarning yadroviy kuçga tayanişi qurollaniş poygasini yanada kuçaytirib, yangi xavf-xatarlarni yuzaga keltirmoqda.
Rossiya va AQŞ hanuz yetakçi
Hisobotga köra, dunyodagi barça yadroviy kallaklarning qariyb 83 foizi Rossiya va AQŞ hissasiga töğri keladi.
2025 yil davomida ikki davlatning harbiy zaxiralari sezilarli özgarmagan bölsa-da, keng kölamli modernizatsiya dasturlari kelajakda arsenallarning yanada ösişiga olib kelişi mumkin.
SIPRI ma’lumotlariga köra, Rossiyaning «Sarmat» qit’alararo ballistik raketa sinovlaridan biri muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Şu bilan birga, yadroviy dvigatelli «Burevestnik» qanotli raketasi 14 ming kilometrdan ortiq masofaga uçiş böyiça muvaffaqiyatli sinovdan ötgan.
Taşkilot şuningdek, Rossiya Belarus hududida «Oreşnik» örta masofali raketa tizimi uçun yangi baza qurişni boşlaganini qayd etgan.
AQŞning yangi rejalari
Hisobotda AQŞning yadroviy modernizatsiya dasturlari ham qator moliyaviy va taşkiliy muammolarga duç kelayotgani qayd etilgan.
Mutaxassislar AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ilgari surgan «Oltin gumbaz» (Golden Dome) raketaga qarşi mudofaa tizimi loyihasi budjetga katta yuk bölişini ta’kidlamoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mazkur dastur qiymati 1,2 trillion dollarga yetişi mumkin.
Xitoy eng tez ösmoqda
SIPRI bahosiga köra, Xitoy hozirda taxminan 620 ta yadroviy jangovar kallakka ega bölib, yadroviy arsenalini boşqa davlatlarga nisbatan eng tez sur’atlarda kengaytirmoqda.
2026 yil boşiga kelib Pekin mamlakat şimolida qurilgan uçta yirik raketa şaxtasi majmuasiga yuzlab raketalarni joylaştirgan. Şu bilan birga, mamlakat şarqida yana önlab yangi şaxtalar qurilişi davom etmoqda.
Mutaxassislar hatto 2030 yilga borib Xitoyning yadroviy zaxirasi mingtadan oşgan taqdirda ham, bu raqam Rossiya yoki AQŞning hozirgi arsenalidan ança kam bölişini ta’kidlamoqda.
Yevropa ham yadroviy himoyani kuçaytirmoqda
Hisobotda Yevropa davlatlarida ham yadroviy xavfsizlikka qiziqiş ortib borayotgani qayd etilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2026 yil mart oyida mamlakat yadroviy arsenalini kengaytiriş rejalarini e’lon qildi. Şuningdek, Parij Germaniya va Buyuk Britaniya bilan yadroviy hamkorlikni kengaytiriş böyiça muzokaralar olib borayotgani ma’lum qilindi.
Buyuk Britaniya esa 12 ta F-35A qiruvçisini sotib oliş va ularni AQŞning yadroviy bombalarini taşiş imkoniyati bilan jihozlaş niyatini bildirdi.
SIPRI ekspertlari fikriça, geosiyosiy taranglikning kuçayişi, qurollarni nazorat qiliş tizimining zaiflaşişi va yangi texnologiyalarning paydo bölişi yadroviy xavfni sönggi yillardagi eng yuqori darajaga olib çiqmoqda.












