Fransiya prezidenti ma’muriyati ma’lum qilişiça, ikki davlat rahbarlari loyihani davom ettiriş imkoni qolmaganidan afsusda. Şu bilan birga, Fransiya va Germaniya hukumatlari iştirokçi kompaniyalarni kelişuvga erişişga undaş böyiça qilingan sa’y-harakatlar samara bermaganini tan oldi.

Reuters, AFP va dpa agentliklari tarqatgan ma’lumotlarga köra, mazkur qaror 5 iyun kuni Çernogoriyada ötgan sammit doirasida muhokama qilingan. Tomonlar Airbus va fransuz Dassault Aviation kompaniyalari örtasidagi ziddiyatlar yaqin kelajakda bartaraf etilmasligi haqida xulosaga kelgan.

FCAS loyihasi 2017 yilda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel taşabbusi bilan boşlangan edi. Dastur doirasida Eurofighter samolyoti örnini bosuvçi yangi avlod qiruvçi samolyoti, uni kuzatib boradigan uçuvçisiz apparatlar hamda barça jangovar tizimlarni yagona tarmoqqa boğlaydigan «Combat Cloud» platformasini yaratiş rejalaştirilgan edi.

Loyihaning asosiy muammosi yangi qiruvçi samolyotni kim işlab çiqişi va uning boşqaruvi kim qölida bölişi masalasida yuzaga keldi. Dassault Aviation rahbariyati qiruvçi samolyot böyiça yetakçi rolni öz kompaniyasiga berişni talab qildi. Germaniya va Ispaniya esa bu yondaşuvga qarşi çiqdi.

Fridrix Mers avvalroq FCAS doirasida işlab çiqilayotgan samolyot Germaniya qurolli kuçlari ehtiyojlaridan köra Fransiya harbiylari talablariga köproq mos kelişini bildirgan edi. Uning ta’kidlaşiça, Fransiya kelajakda yadroviy qurol taşiş imkoniyatiga ega qiruvçi samolyotga ehtiyoj sezmoqda, Germaniya armiyasi uçun esa bunday talab dolzarb emas.

Şu bilan birga, manbalarga köra, FCAS brendi loyihaning ayrim tarkibiy qismlari uçun saqlab qolinişi mumkin. Fransiya hukumati Yevropa mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettiriş va boşqa qöşma dasturlar orqali strategik şeriklikni mustahkamlaş tarafdori ekanini bildirgan.

Tahlilçilar fikriça, FCAS loyihasining töxtatilişi Yevropa mudofaa sanoati uçun sönggi yillardagi eng yirik muvaffaqiyatsizliklardan biri bölib, qit’aning harbiy-texnologik mustaqilligini ta’minlaş rejalariga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin.