Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20-21 avgust kunlari umumxalq hasharida 17 mln kishi ishtirok etdi
Foto: O‘zA
O‘zbekistonda 20−21 avgust kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 17 milliondan ziyod kishi ishtirok etdi, deya xabar qildi O‘zA.
Ikki kun davomida 40 ming gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi. Aholi turar joylari, ko‘p qavatli binolar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirildi. Daraxtlar butalib, oqlandi. 25 ming kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlar, lotoklar tozalandi.
Hashar kunlari yoshlarning «Nuroniylar e'zozimizda» aksiyasi tashkil etildi. Tadbir doirasida keksa va nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz kishilar, kam ta'minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.
Hashargacha mahallalar hududida 100 ga yaqin maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari, sport inshootlari, «Go‘zallik salonlari», mahalla guzarlari barpo etildi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.04.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
21:25 / 27.12.2025
Endi hokim o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmasiga ham rahbarlik qiladi
09:54 / 29.10.2025