Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Die Zeit gazetasi: Germaniyada majburiy harbiy xizmatga qaytilishi mumkin
Germaniya fuqarolari mamlakatning yangi fuqarolik mudofaasi konsepsiyasiga ko‘ra, yana harbiy xizmatga chaqirtirilishlari mumkin, deb yozmoqda Die Zeit nashri.
Kontseptsiyada Germaniya NATO chegaralarini himoyalashi kerak bo‘lgan voqealar rivojini ko‘zda tutadi. Bu vaziyatda aholi mamlakatning qurolli kuchlariga ko‘mak ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bundestag 24 avgustda ko‘rib chiqadigan yangi konsepsiyada xususiy firmalar kazarmalarning qurilishi va ta'mirlanishida ishtirok etishlari mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Germaniyada majburiy harbiy xizmat 2011 yilda bekor qilingandi, mamlakat hukumati mudofaa va xavfsizlik nuqtai nazaridan bunga boshqa ehtiyoj yo‘q deb hisoblagan. Bungacha harbiy xizmat 55 yil davomida majburiy bo‘lgan.
Germaniya fuqarolik mudofaasinning yangi konsepsiyasida, shuningdek, katta miqyosdagi tabiiy ofatlar yoki harbiy harakatlar vaziyatida mamlakat fuqarolari birinchi bir necha kun o‘zlarini zaruriy narsalar, suv va oziq-ovqat bilan ta'minlashlari kerak bo‘ladi.
Germaniya, majburiy harbiy xizmat