Murabbiy: Messiga tentaklarni eshitish kerak emasligini aytdim
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa «Barselona» futbolchisi Lionel Messining milliy terma jamoaga qaytgani borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men Messining oldiga borganimda u bilan uni qaytarish bo‘yicha emas, futbol haqida gaplashdim. Biz 2 soat davomida o‘yin haqida gaplashdik, yakunda uning o‘zi terma jamoaga qaytish istagi haqida aytib qoldi.
Men unga Argentinada uni tanqid qiladigan yuzlab tentaklar borligini, lekin minglab kishilar boshqacha fikrda ekanini aytdim. Tentaklarning gaplarini eshitib o‘tirish odamni aqldan ozdirishi mumkinligini ta'kidladim.
Uning bayonotida terma jamoaga qaytish va g‘alabalarga erishish xohishi bayon etilgan. Biz uning imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak. Messi jahondagi eng yaxshi futbolchi. Men unga maydonda ikki-uch pozitsiya taklif etdim. Biz bu haqda gaplashib oldik», – degan Bausa.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi Amerika Kubogi finalida Argentina Chilidan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Messi terma jamoa tarkibidagi chiqishlarini yakunlaganini ma'lum qilgan edi.
12 avgust kuni u milliy termaning yangi bosh murabbiyi Edgardo Bausa bilan suhbatlashganidan so‘ng terma jamoaga qaytishi va JCh–2018 saralash bosqichi o‘yinlarida Argentina terma jamoasi tarkibida bo‘lishi haqida xabar qilindi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
00:15 / 26.11.2020
Messi: «Diyego biz bilan qoladi, chunki u abadiy»
20:28 / 23.11.2020
Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi
00:32 / 23.10.2020
«Krishtianu «Real»da ekanligida «El Klasiko» o‘zgacha o‘tardi» – Messi Ronaldu bilan raqobati haqida gapirdi
18:04 / 28.09.2020